
Marko Roys APL grandiga o‘tishi mumkin, tomonlar muzokarani boshlagan
"Borussiya" Dortmund sardori Marko Roys faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.
"Bild" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, unga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish bor. Germaniyalik futbolchining agenti klub vakillari bilan uchrashgan. Uning kelishini shaxsan MYu bosh murabbiyi Erik ten Hag istamoqda.
33 yoshli yarim himoyachining "asalarilar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. U dortmundliklar sharafini 2012 yildan beri himoya qilib kelmoqda.
Roys joriy mavsum "Borussiya" libosida 12 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 4 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar