
Marko Roys derbini o‘tkazib yuborishi mumkin
Shanba oqshomida Germaniya chempionatida Rur derbisi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni "Shalke" Dortmundning "Borussiya" klubini qabul qiladi. German Sky nashri tarqatgan xabarga qaraganda, dortmundliklar sardori Marko Roys koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
2022/2023 yilgi mavsumda Marko Roys “Borussiya” safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qo‘shimcha qilamizki, ayni damda "Borussiya D" Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida “Bavariya”dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Har ikkala jamoa ham teng ochkoga ega, ammo myunxenliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam sifatida qayd etilgan.
Fikrlar