
Markos Alonso "Atletiko"ga o‘tishni xohlab qoldi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso faoliyatini "Atletiko"da davom ettirmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi kuni kecha bo‘lib o‘tgan "Arsenal"ga (4:1) qarshi Evropa ligasi final uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmaganidan jaxdi chiqqan. U "matraschilar" safiga o‘tsa, darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi mumkin. Boisi, Lukas Ernandes va Filipe Luis kabi futbolchilar madridliklar safini tark etishadi.
O‘z navbatida “aristokratlar” ham Alonsoni qo‘yib yubormasliklari mumkin. Chunki, FIFA qaroriga ko‘ra londonliklar 2ta transfer davrida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olishmaydi.
Ma’lumot uchun, Markos Alonso joriy mavsum “Atletiko” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 9ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar