"Marsel" futbolchisi Ispaniyaga ketadimi yoki Angliyaga?

  • 16 aprel, 2020, 23:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir qator nomdor klublari "Marsel" himoyachisi Buna Sarrning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Atletiko", "Sevilya" hamda "Vest Xem" jamoalari da’vogarlik qilishmoqda. Biroq, "Marsel" moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganiga qaramay, etakchi futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas.

Sarr joriy mavsum marselliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!