Marselino Garsiya Toralning "Barselona"ga qarshi o‘yinlardagi g‘alabasiz seriyasi 21-o‘yinda to‘xtadi
Xabaringiz bor kecha “Valensiya” Ispaniya kubogi finalida “Barselona”ni 2:1 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, bu “ko‘rshapalaklar” ustozi Marselino Garsiya Toral uchun murabbiylik faoliyatidagi “Barselona” ustidan qozonilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Qayd etish lozimki, 53 yoshli mutaxassis “ko‘k-anor ranglilar”ni 21-urinishda mag‘lubiyatga uchratdi. Bungacha uning jamoalari o‘tgan 20ta o‘yinda “Barselona”ni enga olishmagandi.



Fikrlar