
Marselo Brozovich: Uni bilgan holda shuni ayta olamanki...
Saudiya Pro-ligasida to‘p tepayotgan Brozovich intervyularidan birida jamoadoshi Ronaldu haqidagi savolga javob berdi.
- Krishtianuga qarshi o‘ynashni afzal ko‘rasizmi yoki u bilan bir jamoda to‘p tepishnimi?
"Men u bilan bir jamoada o‘ynashni afzal ko‘raman. Sababi, siz doimo uning gol urishiga ishonishingiz mumkin. Krishtianu dunyodagi eng buyuk futbolchilardan biri. U o‘z faoliyatida ko‘p yutuqlarga erishdi"
"Uni bilgan holda shuni ayta olamanki, hozir ham u ko‘p mexnat qilmoqda va "Evro-2024"ga to‘liq tayyor bo‘ladi", - deya qushimcha qildi "An-Nasr" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Fikrlar