
Marselo rasman "Olimpiakos" futbolchisiga aylandi
"Real"ning afsonaviy himoyachisi Marselo endi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi. U "Olimpiakos" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. U erkin agent sifatida grek jamoasi safiga kelib qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik yulduz o‘tgan mavsum chempionlar ligasidagi g‘oliblikdan so‘ng Madrid klubini tark etishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar