
Marselo va Isko hamon klubsiz. Nega?
“Real”ning sobiq futbolchilari Isko va Marselo hamon klubsiz. “As” nashri xabariga ko‘ra, bunga ularning Chempionlar ligasida o‘ynash istagi sabab bo‘lgan.
"Betis" va "Roma" yozda Iskoga qiziqish bildirgan edi. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi 2013 yilda “Malaga”dan “Real”ga o‘tgan edi. U “qirollik klubi” tarkibida besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, uch karra Ispaniya chempioni va UEFA Superkubogi sohibiga aylandi. 2021/22 yilgi mavsum Isko barcha musobaqalar doirasidagi 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Marselo "Valyadolid" va "Latsio" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
34 yoshli braziliyalik 2007 yildan 2022 yilgacha Madrid klubi sharafini himoya qilgan. U “qaymoqranglilar” safida 544 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol va 103 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Shuningdek, himoyachi 25 ta sovrin, jumladan, 5 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar