Martines "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi...

"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin edi. U bu haqda "Ayaks"da o‘ynab yurgan kezlari bosh murabbiy Erik ten Xagga ma’lum qilgan. Murabbiyning o‘zi shu to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

- Lisandro yonimga keldi va "Men "Ayaks"dan ketaman! "Arsenal"ga o‘tishim mumkin. Ammo agar istasang, sen uchun "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolayman", - dedi.

Ma’lumot o‘rnida, Martines Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
BOBOQULOV QAHRAMON
24/12/2022 20:03
Qoyil lisandro