Martines "Inter" rahbariyatiga "Barselona"ga o‘tmoqchiligini aytdi
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi “neradzurrilar” rahbariyatiga “Barsa”ga o‘tish niyati borligini bildirgan. U afsonaviy hamyurti Lionel Messi bilan birga to‘p surmoqchi.
“Inter” esa Lautaroning transferi bo‘yicha 111 mln evrolik talabini tushirmoqchi emas. Milanliklar ushbu transferga “ko‘k-anor ranglilar”ning birorta futbolchisini qo‘shib olishga rozi bo‘lishi mumkin, ammo shunda ham kataloniyaliklar qo‘shimcha 80-90 mln evro to‘lashi kerak bo‘ladi.



Fikrlar