
Martines: "Men umuman "Barselona"ni kuzatmayman"
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Barselona" bilan hech qanday muzokara olib bormayotganini aytdi.
"Mutlaqo hech qanday aloqalar yo‘q. Men umuman "Barselona"ni kuzatmayman. Ularning "Benfika"ga qarshi uchrashuvini ham ko‘rmadim. Buning o‘rniga Lukakuning o‘yinini tomosha qilish uchun "Yuventus" - "Chelsi" bahsini ko‘rdim.
Futbolda ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Har kuni ertalab, Belgiya bilan shartnomamning so‘ngiga qadar qolish umidida uyg‘onaman. Tushunaman, ba’zan vaziyatga qandaydir narsalar ta’sir qilishi mumkin", - dedi Martines.
Fikrlar