Martinesning "Barselona"ga o‘tmoqchiligidan "Inter" ham xabar topdi

  • 2 may, 2020, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milanning “Inter” klubi forvardi Lautaro Martines faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, aynan agrentinalik futbolchining bu boradagi xohishi “ko‘k-anor ranglilar” uchun qo‘l kelishi mumkin. Boisi, kataloniyaliklar ko‘pdan buyon Martinesni sotib olishga harakat qilishmoqda.

O‘z navbatida “Inter” ham 22 yoshli futbolchining “Barsa”ga o‘tish istagi borligidan xabardor. Biroq, “neradzurrilar” uni shunchaki qo‘yib yuborishmoqchi emas. Futbolchi imzolagan shartnomaga ko‘ra 1 iyuldan 15 iyulgacha uni 111 mln evro tovon puli to‘lab xarid qilish mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!