
Masala hal! Ramos "Real"dan ketadi
"Real" himoyachisi Serxio Ramos mavsum so‘nggida madridliklar safini tark etadi. Bu haqda El Chiringuito xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" rahbariyati ispaniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Ramos maoshini kamayishiga rozi bo‘lmadi. Qolaversa, himoyachi klubdan ikki yillik yangi shartnoma so‘ramoqda. "Real" sardoriga 1 yillik bitim taklif qildi.
Avvalroq, Ramos xizmatiga PSJ "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Tottenxem" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar