"Mash’al" uy uchrashuvlariga kirishni bepul qilib belgiladi
Liga debyutanti bo‘lgan "Mash’al" jamoasi rahbariyati klubning kuchlilar safiga qaytgani munosabati bilan Muborakdagi barcha uchrashuvlarga kirishni bepul qilib belgiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” Superliga ilk turi doirasida 29 fevral kuni Muborakda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar