"Mash’al" Aleksandr Xomyakov bilan shartnomani bekor qilmoqchi...mi?

  • 1 yanvar, 2022, 10:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muborakning “Mash’al” klubi Superligada qolish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lsa-da, yakunda bundan foydalana olmadi.

Tecno

Klub pley-offdagi o‘yin orqali elitada jon saqlab qolishi mumkin edi. Ammo debyutant “Olimpik”ka yutqazib ko‘pchilikni ajablantirib qo‘ydi. Shu tariqa, “Mash’al” pro ligaga ravona bo‘ldi.

Albatta, bunday natija rahbariyatni ranjitgani tabiiy. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, “Mash’al”ga bosh murabbiylik qilgan rossiyalik Aleksandr Xomyakov lavozimidan ketishi ehtimoldan holi emas. To‘g‘ri, uning jamoasi bilan amalda shartnomasi bor. Biroq rahbariyat u bilan o‘zaro kelishgan holda o‘rtadagi bitimni bekor qilishi mumkinligi haqida eshitdik.

Xomyakov ayni paytda Rossiyada, o‘z uyida xordiq chiqaryapti. Bizdagi ma’lumotga tayanadigan bo‘lsak, ko‘p masalaga 5 yanvardan keyin oydinlik kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!