
"Mash’al" ham endi Superliganing qolgan 13 klubi qatorida
18-20 mart kunlari Superligada 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Tur yakuniga ko‘ra ma’lumotlarni havola qilib boramiz.
Shu turga qadar "Mash’al" yangi mavsumda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmayotgandi. "Metallurg"ga qarshi bahsda muborakliklar 2 ta gol urib, g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Aleksandr Xomyakov shogirdlari o‘zlarining golsiz seriyasiga chek qo‘yishdi va chempionatning qolgan 13 klubi qatoriga kirdi. Ya’ni boshqalar birinchi va ikkinchi turlarda gol urgandi.
Superligada bunday jamoalar qolmadi...
"Nasaf", "Lokomotiv", "Turon"...
“Navbahor” yana “peshqadam”. Muborakliklar Superligani sog‘inmagan ko‘rinadi
"Navbahor" - "Nasaf" o‘yiniga aslida qancha muxlis tashrif buyurgan?
Qolaversa, bu tur darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan "So‘g‘diyona" va "Qizilqum" seriyasi yakunlandi. Bu jamoalar 3-turda o‘zaro to‘qnashdi hamda darvozalaridan bir martadan to‘p olib chiqishdi.
Fikrlar