"Mash’al" ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida yig‘inga kirishdi
Serxio Marinangeli boshchiligida "Mash’al" yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik boshladi. Hozircha jamoa Muborakdagi o‘z qarorgohida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
"Gazchilar" tarkibida klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari hamda bir qator mahalliy yosh futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tmoqda. Siroj Allaev, Rahmon Ochilov, Sardor Xursandov, Jasur Kurbonov, Muhammad Yo‘ldoshev, Muhammadjon Sultonov, Feruz Mo‘minov, Javohir Shodmonov va Muhriddin Shasmiddinov jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi.
"Mash’al" selektsiya ishlarini faol olib bormoqda. Shu kunlarda tarkibga yana yangi legioner futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Jamoa legionerlari - Ifiani Ifiani hamda Ibi Michel Okorolar 20 yanvar kuni yiig‘inga kelib qo‘shiladi.

Fikrlar