
"Mash’al" "kapitan" futbolchisini "Bundyokor"ga transfer qildi
"Mash’al" jamoasining ko‘p yillik sardori Najmiddin Normurodov muborakliklar safini tark etdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Normurodov Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga transfer qilindi va futbolchi "Qaldirg‘cholar" bilan shartnoma imzoladi.
«Mash’al» Professional futbol klubi ushbu futbolchi bilan do‘stona ravishda xayrlashib, Normurodovning klub ravnaqi yo‘lida qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatiga omad tilab qoladi, - deyiladi xabarda.
Fikrlar