"Mash’al" klubi FIFAning ta’qiqi bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi

  • 31.05.2022 13:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Mash’al” futbol klubining nigeriyalik sobiq futbolchisi Ibe Mikael Okoro klub futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilmagan deya FIFAga shikoyat qilgan edi.

Ammo mazkur shikoyatni o‘rganib chiqqan FIFA futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi joriy yilning aprel oyida “Mash’al” va Ibe Mikael Okoro o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, “Mash’al” futbol klubi zimmasiga yuklatilgan jarima to‘lovlarini 45 kun muddat ichida to‘lashi lozim ekani belgilangan edi.

Kuni kecha futbolchining vakillari FIFAga klub bu borada to‘liq to‘lovni amalga oshirmadi, deya murojaat qilishdi. Shu sababli FIFA 30 maydan e’tiboran “Mash’al” futbol klubi uchun transfer taqiqi belgiladi. Hozirga kelib Ibe Okoro bilan jamoa to‘liq hisob kitobni amalga oshirdi. Faqat uni alohida FIFAga murojaat yo‘llab yopish qolgan xolos. Shuningdek, Ifeaniy bilan ham bo‘lgan shunday muammo ayni vaqtda hal etish arafasiga kelib bo‘ldi. Klub va futbochi tez orada o‘zaro kelishuga erishadi va to‘lovlar butunlay to‘lab beriladi.

“Mash’al” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!