
"Mash’al" sardori mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Mash’al" jamoasi etakchisi Sardor Abduraimov kecha bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘yin haqida nima ham deya olardim, "Bunyodkor" kuchli jamoa ekanligini bilardik. Mavsum avvalida hamma jamoalarda shu kabi qiyin o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Birinchi tur mehmonda ekanligiga qaramay, borimizni berib harakat qildik. Xudo xohlasa, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
To‘g‘ri, jamoada murabbiylar o‘zgarishi bo‘ldi. Bu narsa bizga qattiq ta’sir qilgani yo‘q. Chunki, Aleksandr Andreevichning qo‘l ostida oldin ham o‘ynaganmiz. Uning jamoaga olib kelinishi biz uchun yangilik bo‘lmadi. Uslublar har xil, ammo Aleksandr Andreevich kelganidan so‘ng, ispaniyalik murabbiy singdirib ketgan taktikani o‘zgartirib yubormadi. Shu uslubda harakat qilib turishimiz va sekin-astalik bilan o‘yinimizni o‘zgartirishimizni aytib o‘tdi", - dedi Abduraimov.
Fikrlar