"Mash’al"ga qarshi o‘yin oldidan "Lokomotiv" safida yo‘qotishlar bor

  • 27 sentabr, 2021, 06:06
  • 0
  • Futbol

Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun Superliganing 20-turida Muborakning “Mash’al” jamoasini qabul qiladi.

G‘alaba ikkala jamoaga ham zarur ekanini inobatga olsak, o‘yin jiddiy kurashlar ostida kechishi tabiiy. Ammo “Lokomotiv” mazkur bellashuv oldidan bir qator yo‘qotishlarga duch keldi.

Jumladan, Javohir Siddiqov bilan Javohir Alijonov jarohati sababli jamoasiga yordam bera olmasa, Xurshid Muxtorov hamda Sanjar Qodirqulov diskvalifikatsiya tufayli “Mash’al”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradilar, bu haqida “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Mash’al” uchrashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!