"Mash’al"ni yangi mavsumda yana "birrovchi" murabbiy boshqaradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 10 yanvar kuni "Mash’al" klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jamoaning Superligadagi muvaffaqiyatsiz natijalari bois, bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, muborakliklar rahbariyati yangi murabbiy borasida yakuniy to‘xtamga keldi. Yangi mavsumda "Mash’al"ni sobiq murabbiyi Dilyaver Vaniev boshqaradi. 

Eslatib o‘tamiz, Vaniev o‘tgan mavsum Xomyakovga yordamchi sifatida ishlagan edi. 

Ma’lumot uchun, ushbu mutaxassis muborakliklarning haqiqiy haloskori. Amaldagi murabbiy jamoani tark etsa, Vaniev yordamga doim tayyor turadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!