
Masharipov 86 daqiqa harakat qilgan uchrashuvda "Al-Nassr" yirik g‘alabani tantana qildi
Saudiya Arabistoni chempionati 29-turidan o‘rin olgan "Al-Xazm" - "Al-Nassr" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Riyodliklar tarkibida Taliska dubl muallifiga aylandi. Shuningdek Al-Amri hamda Al-Naji bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlarning yagona goli Ola Jon tomonidan kiritildi.
Ayni vaqtda 58 ochkoga ega "Al-Nassr" turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar