
Masharipov “Arsenal” yulduzi bilan bir chempionatda o‘ynashi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasida davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Ushbu mamlakatning yana bir mashhur klubi – “Al-Hilol” o‘z safiga “Arsenal”ning eng mashhur futbolchisi Per-Emerik Obameyangni chorlamoqda.
Ma’lumki, gabonlik hujumchi “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta va murabbiylar shtabi bilan arazlashib qolgan. Arteta intizomni buzgan yulduzni o‘yinga qo‘ymayapti va uni yanvarda jamoadan ketishini talab qilyapti.
Muammolar girdobida qolgan Obameyangga saudiyaliklar uch yillik shartnoma va katta maosh va’da qilmoqda.
32 yoshli hujumchi Evropa klublarida o‘ynashni istayotgan bo‘lsa-da, saudiyaliklar taklif qilayotgan maosh miqdori uning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Obameyang joriy mavsumda premer-ligada 14 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol urdi.
Fikrlar