
"Panserraykos" bugun OFI bilan o‘ynaydi. Masharipov qaydnomada bormi?
Bugun Gretsiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan "Panserraykos" - OFI bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
Mazkur bahs uchun mezbonlarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda vakilimiz Jaloliddin Masharipov ham bor va jamoasiga yordam berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, "Panserraykos" ayni damda 9 ochko jamg‘arib, 9-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, OFI 13 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar