Masharipov "Shabab Al-Ahli"ga 2ta o‘yinda yordam bera olmaydi, ammo ...

  • 14 aprel, 2021, 18:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, bugundan Osiyo chempionlar Ligasi guruh bosqichiga start beriladi. 

Tecno

Jaloliiddn Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi ertaga Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘yin bilan o‘z yurishini boshlaydi.

Afsuski, legionerimiz jamoasiga dastlabki ikki turda yordam bera olmaydi. Sababi, Jaloliddin o‘tgan mavsum "Paxtakor" safida  "Persepolis"ga qarshi bahsda qizil kartokcha olib, 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Ma’lumot uchun, dubayliklar birinchi turda Dushanbe klubiga qarshi o‘ynasa, ikkinchi turda "Al-Hilol" bilan kuch sinashadi. Masharipov 3-turdan o‘rin olgan AGMKga qarshi bahsda safga qaytadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!