Masharipov va Ronaldu jamoasi bugun yana birinchi o‘ringa qaytishi mumkin

Bugun Saudiya Arabistoni chempionati 18-tur o‘yinlari davom ettiriladi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan "An-Nasr" klubi safarda "Damak" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.

Ma’lumot uchun, riyodliklar ayni damda 40 ochko bilan "Al-Ittihod"dan keyin ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!