
Masharipov zaxiradan maydonga tushgan bahsda "Al-Nassr" g‘alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Damk" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov 63-daqiqada Al G‘annam o‘rniga zaxiradan qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan keyin riyodliklar ochkolar sonini 29taga etkazib, 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar