
Masharipovga Saudiyaning ikki klubi qiziqyapti. U yanvarda bir qarorga keladi
"Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jamoasini o‘zgartishi mumkin.
Mahalliy nashrlardan biri "Al-Midan" tarqatgan xabarlarga ko‘ra, legionerimizga Saudiya Arabistoni chempionatining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. "Al-Taavun" va "Al-Batin" jamoalari Masharipov o‘z safida ko‘rmoqchi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Jaloliddin xizmatiga BAA klublaridan ham takliflar bor. Hamyurtimiz qishki transfer vaqtida kelajagi borasida bir qarorga keladi.
Fikrlar