“Lester”: Tekini teshib chiqmaydi

  • 30 may, 2020, 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan yarim himoyachi Adam Lallana faoliyatini “Lester” tarkibida davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

“Lester” 32 yoshli futbolchini uzoq muddatli shartnoma bilan qiziqtirmoqda.

Adam Lallananing ikki oy ichida erkin agentga aylanishi ko‘p klublarga qo‘l kelmoqda. Ayni paytda “Arsenal”, “Nyukasl”, “Bernli” va “Tottenxem” futbolchiga ko‘z tikkan. Lekin ular “Lester” singari uzoq muddatli hamkorlik taklif qilmaydi.

2014 yildan buyon “Liverpul”da to‘p surayotgan Lallana 128 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan va 17 ta golli pas uzatgan.

“Liverpul” super to‘purarni MYuga boy berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!