
Mashhur futbolchining uyini o‘g‘ri urdi
Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisi Dayo Upamekanoning uyini o‘g‘ri urdi, deb xabar tarqatdi Le Parisien nashri.
Ayni paytda “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan futbolchining uyi Parij shahri yaqinida joylashgan. 26 iyulda ro‘y bergan voqea vaqtida uyda futbolchining onasi va ukasi bo‘lgan.
Kvartiraga uch nafar noma’lum shaxs bostirib kirgan. Ular bir necha telefon, kompyuter, bank kartalari va soatlarni o‘margan. O‘g‘rilar to‘rtinchi shahs yordamida qochib qolishga ulgurgan.
Hozircha, gumonlanuvchilardan ikki nafari – 17 va 23 yoshli yigitlar politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Tergov-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Fikrlar