
Mashhur murabbiy “Nyukasl”ga rad javobini berdi
“Nyukasl”ning yangi rahbariyati ishdan bo‘shatilgan Stiv Bryus o‘rniga yangi bosh murabbiy topishga qiynalmoqda.
Mashhur murabbiylarning aksariyati bir kunda boyib ketgan va shu mavsumning o‘zida grand klubga aylantirilishi kerak bo‘lgan “Nyukasl”ni boshqarishni istamayapti.
“Qarg‘alar” Antonio Konte va Zinedin Zidan kabi mutaxassislarni hamkorlikka ko‘ndira olmaganidan keyin “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Erik ten Xagni Angliyaga ko‘chib o‘tishga chaqirdi.
Biroq, bu murabbiy yiliga olti million evro maosh va’da qilinganiga qaramay, “Nyukasl”da ishlash variantini rad etdi.
Ko‘p murabbiylarning “Nyukasl”ni boshqarishdan bosh tortayotganiga jamoaning xavfli hududda joylashgani va kelasi mavsum quyi ligaga tushib ketish ehtimoli kattaligi sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Fikrlar