
Mashhur to‘purar Vardining g‘alati qilig‘i borligi fosh bo‘ldi
“Lester Siti”ning 2016 yili Angliya chempionatidagi g‘alabasida jamoa hujumchisi Jeymi Vardining hissasi katta bo‘lgan.
38 yoshli to‘purar hamon “tulkilar”ga sodiq qolgan va jamoadagi faoliyatini davom ettirmoqda. Shu kungacha joriy mavsumda “Lester” uchun oltita gol ham urib berdi.
Britaniya ommaviy axborot vositalari Vardining g‘alati qilig‘idan xabar topdi. Manbalarda keltirilishicha, Jeymi har bir uchrashuvdan oldin, raqib jamoa himoyachilarining millati va ona tili qaysi ekanini o‘rganib chiqadi.
Keyin o‘sha tildagi so‘kinish so‘zlarini yodlab oladi va o‘yin davomida o‘ziga qarshi o‘ynayotgan himoyachilarni ularning ona tilida so‘kadi. Bu orqali Vardi raqiblarni quyishqondan chiqaradi, o‘ziga qarshi qo‘pol o‘ynashlariga sababchi bo‘ladi. Pirovard natija esa, himoyachilar qizil yoki sariq kartochka bilan jazolanadi.
Fikrlar