"Mash’al" va "Bunyodkor" Eldor Shomurodov transferidan qancha ishlab olishi kerak?

  • 2 noyabr, 2020, 12:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida yaqinda "Rostov"dan "Jenoa"ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu transferdan o‘zining sobiq jamoalariga qancha foyda keltirishi haqida post qoldirdi.

Tecno

"Rossiya nashrlarining qayd etishicha, Eldor Shomurodovning transferi "Jenoa" uchun 7,5 million evroga tushgan. Futbolchini tarbiyalashda ishtirok etgan klublar birdamlik mexanizmiga ko‘ra, mazkur summaning 5 foizini tegishli tartibda "Jenoa"dan olishi lozim. Bunda futbolchining 12 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davrida shug‘ullangan klublariga pul to‘lab beriladi.

Eldor 2007 yil 12 yoshga qadam qo‘ygan hamda 2014 yilga qadar Mash’al sharafini himoya qilgan. Demak, "Mash’al" umumiy hisobda 225 000 evroga ega chiqishi kerak.

"Bunyodkor" klubi esa, 2015-2017 yillardagi holati uchun "Jenoa"dan 112 500 evro pul olishga haqli. Birdamlik mexanizmidan qoladigan yana 37 500 evroga "Rostov"ning o‘zi ega chiqadi.

Izoh. Bunda "Jenoa" 7,5 million evroni "Rostov"ga birdaniga tashlab beradimi yoki qismlarga bo‘libmi, mana shu jihatni ham inobatga olish kerak. Bunda olinadigan summa o‘zgarmaydi, faqatgina uning qay tartibda olinishi belgilanadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!