Maskerano amaldor bo‘ladi

  • 6 yanvar, 2021, 09:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Liverpul" klublarining sobiq yarim himoyachisi Xaver Maskerano Argentina futbol assotsiatsiyasida ish boshlaydi.

Tecno

2020 yil noyabr oyida butsalarini mixga ilgan 36 yoshli Maskerano terma jamoalarning metodikasi va rivojlanishi bo‘limida ishlaydi, deya xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati.

Bo‘limning asosiy vazifasi Argentinaning barcha yoshdagi terma jamoalari asosiy tarkib bilan bir xil kontseptsiyada rivojlanib borishini nazorat qilishdan iborat.

Ma’lumot uchun, Maskerano ayni damda Argentina terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi. U albasetlar tarkibida jami 147 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!