Massimiliano Allegrining agenti mijozinining niyatini ma’lum qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining keyingi klubi Italiya chempionati vakili bo‘lmaydi. Bu haqida uning agenti Jovanni Branchini aytib o‘tdi.

"Allegri "Yuve"ga qaytmoqchi emas, Turin klubi bilan bog‘liq xabarlar esa mish-mish xolos.

U boshqa chempionatlarda o‘zini sinab ko‘rish niyatida, ammo biz ingliz, ispan yoki frantsuz klublari bilan muzokara boshlaganimizcha yo‘q.

Takliflarni o‘rganib chiqishimiz mumkin bo‘lgan vaqtni intizorlik bilan kutyapmiz. Bir necha klublar hali biz bilan muzokara o‘tkazish bo‘yicha bir qarorga kelishganicha yo‘q", - deydi agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!