
Masvidal va Makgregor jangi orolda o‘tkazilishi mumkin
BMF kamari sohibi Xorxe Masvidal keyingi jangini yarim-o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmanga qarshi emas, balki Konor Makgregorga qarshi o‘tkazishi mumkin. UFC prezidenti Dana Uayt televidenieda o‘tkazilgan podkastda jang orolda bo‘lib o‘tishi ehtimoli borligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor so‘nggi jangida yarim-o‘rta vaznga qaytishini Donald Serroneni tezkor nokautga uchratib nishonlagan edi.
Fikrlar