Masvidalning murabbiyi "UFC 251" oldidan koronavirusga chalindi

  • 8 iyul, 2020, 15:13
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Xorxe Masvidalning ustozi Mayk Braun "UFC 251" oldidan koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi.

Tecno

Ushbu ma’lumotni Braunning o‘zi ham tasdiqladi va ahvoli yaxshi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Jangchining o‘zi esa Abu-Dabiga etib kelishga ulgurgan va karantinga olingan.

Masvidal "UFC 251" turnirida Kamaru Usmanga qarshi chempionlik uchun oktagonga ko‘tariladi. U koronavirus kasalligiga chalingan Gilbert Byornni almashtirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Masvidal va Usman qarama-qarshiligi 11 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!