
Matichning "Paxtakor"ga o‘tayotgani tasdiqlandi (Foto)
Bu yilgi mavsum boshida tarkibdagi etakchilaridan ayrilgan "Paxtakor" safni to‘ldirishga e’tibor qaratmoqda.
Dostonbek Hamdamov va Odiljon Hamrobekov yana "sherlar" a’zosiga aylandi. Ularning BAA klublari bilan tuzgan shartnomalari yakunlangandi. Qolaversa, toshkentliklar Eren Derdiyok o‘rniga boshqa hujumchi jalb qilmoqchi. Bu borada "Paxtakor" Serbiyaning "Partizan" klubi hujumchisi Boyan Matichga qiziqayotgani va uni transfer qilmoqchi ekanligi borasida xabar bergandik.
"Partizan" klubi ham serbiyalik hujumchi faoliyatini O‘zbekistonning "Paxtakor" klubida davom ettirishini tasdiqladi. Klub rasmiy tvitterdagi sahifasida futbolchi Boyan Matich "Partizan"dan ketib, "Paxtakor" bilan bitim tuzishi haqida yozdi. O‘z navbatida, serbiyaliklar matbuot xizmati unga rahmat aytib, keyingi faoliyatida omad tiladi.
Fikrlar