Matteus: Messiga Germaniya pasportini berishga tayyormiz

  • 28 iyun, 2020, 13:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Lotar Matteus "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ishongim kelmayapti. Agar sizga Messi yoqmasa, u Germaniyaga ko‘chib kelishi mumkin". Biz uni quchoq ochib kutib olamiz va unga mamlakat pasportini beramiz. Albatta, biz uni xursandchilik bilan qabul qilamiz. Leo faoliyatini Bundesligada yakunlasa bizni xushnud qilgan bo‘lardi.

Ochig‘ini aytaman, Messidek iqtidor egasi futbolda bor ekanligidan xursandman. U yaxshi futbolchi va hurmatga sazovor inson.

Odatiy savol, kim kuchli: Messi yoki Maradona? Argentinada ikkita kuchli futbolchi bor, ular yana kim kuchligi haqida bahslashadi. Sizlardan iltimos, bu mavzuni to‘xtating. Ularda futbol tarixidan joy olgan ikkita kuchli futbolchi bor", - deydi Matteus.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!