Matyuidi Bekxemning jamoasida o‘ynashi mumkin

  • 10 avgust, 2020, 18:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

MLSda ishtirok etuvchi "Inter Mayami" klubi "Yuventus" xavbeki Blez Matyuidini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Devid Bekxemga tegishli hisoblangan AQSh jamoasi 33 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Matyuidi ham "Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmasligini inobatga olsak, uning transferi katta muammo keltirib chiqarmaydi.

Matyuidi joriy mavsum “Yuventus” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!