Matyuidi nega Ronalduga rahmat aytdi?

  • 16 dekabr, 2019, 17:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha "Yuventus" A Seriyaning 17-turida "Udineze"ni 3:1 hisobida engdi. O‘yindagi gollarni 2 tasiga esa Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

E’tiborlisi, Gonsalo Iguain uchrashuvning 80-daqiqasida sardorlik bog‘ichini Ronalduga taqib qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo, portugaliyalik futbolchi uni jamoadoshi Blez Matyuidiga berdi.

O‘yindan so‘ng frantsiyalik futbolchi o‘z tvitterida Ronalduga nisbatan quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: “Bunday sharaf uchun rahmat”.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Yuventus” safida 2018 yildan buyon, Matyuidi esa 2017 yildan buyon turinliklar safida to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!