Mauro Kamoranezi iste’foga chiqarildi
Italiyalik mutaxassis, “Yuventus”ning sobiq futbolchisi Mauro Kamoranezi Sloveniyaning "Maribor" klubi bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Iste’foning sababi jamoaning ushbu mavsumdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinidir.
“Rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar bajarilmadi. Jamoa inqirozga yuz tutdi va biz ushbu vaziyatga qanday echim topishni ko‘rmayapmiz. Ishda sezilarli yaxshilanish kuzatilmadi”, - deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Kamoranezi “Maribor”ni 2020 yilning sentyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan edi.

Fikrlar