
Mavlud Tifievning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
15 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promouterlik kompaniyasi tomonidan K-1 bo‘yicha navbatdagi jang oqshomi tashkil etiladi. "RCC Fair Fight 18" turnirida hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi.
U mezbonlar vakili Andrey Xromovga qarshi jang qiladi. Yurtdoshimiz bir necha yillardan buyon professional muaytay va K-1 bo‘yicha janglarda ishtirok etib keladi va bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Uning professional rekordi 41-7-3 bo‘lsa, Xromovning ko‘rsatkichi 14-1 ko‘rinish olgan.
Shu o‘rinda hamyurtimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar