
Mavlud Tupiev 12 karra Rossiya chempioni bilan jang qiladi
10 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida ONE Championship navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik mohir muaytay va K-1 ustasi Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. Tupiev Singapur promousheni bilan 6 ta jangga shartnoma imzolagan edi.
Dastlabki jangidayoq u promoushenning sobiq chempioni, kikboksing va muaytay bo‘yicha 12 karra Rossiya chempionati g‘olibi hamda professional muaytay yo‘nalishida jahon chempioni dog‘istonlik Allaverdi Ramazanovga qarshi bahs yuritadi.
Ushbu qarama-qarshilik 66 kg vazn toifasida professional muaytay yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi. Yurtdoshimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar