
Mavlud Tupievning navbatdagi raqibi ma’lum. U ONE Championship promoushenida jang qiladi
Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan professional muaytay hamda K-1 jangchisi Mavlud Tupiev (Tifiev) Singapurning ONE Championship promoushenida jang qiladi. Xabaringiz bor, ushbu promoushen nafaqat MMA balki boshqa yakkakurash turlaridan ham turnirlar tashkil etadi.
Tupiev muaytay bo‘yicha tailandlik Muangtay Senchayga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jangdagi g‘alaba orqali yurtdoshimiz jahonning nufuzli promousheni bilan yana yaxshigina shartnomaga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham bu jang Tupiev uchun juda muhim sanaladi va u hozirda jangga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mavlud Tupiev 5 noyabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida MMA bo‘yicha debyut jangini o‘tkazib, IFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, u havaskor yo‘nalishdi ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi va professional muaytay bo‘yicha 2019 yil 67 kg vaznda Thai Fight Kard Chuek chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar