
Maxachev top-15dagi jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov ma’lum qilishicha, Islom Maxachevning raqibi aniq bo‘lgan.
Uning ta’kidlashicha, Maxachev top-15dagi jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Biroq, Xabib Nurmagomedov raqibi kim ekanligini aniq aytmadi.
Bundan tashqari, UFC bilan yaqindagina shartnoma imzolagan Umar Nurmagomedovni ham raqibi aniqlangani ma’lum qilindi, ammo bu haqda batafsil ma’lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Xabib nurmagomedov UFC 249 doirasida 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qiladi.
Fikrlar