
Maxachev Volkanovskini mag‘lub etsa, boshqa vazn toifasiga o‘tadimi?
Engil vazn toifasi UFC chempioni Islam Maxachev Aleksandr Volkanovsini mag‘lub etganidan so‘ng, yarim o‘rta vazn divizoniga o‘tmoqchiligini aytdi.
Bu haqda u jurnalist Igor Lazoringa bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Tarixga kirish uchun ikkita unvon kerak!", - dedi Islam.
Eslatib o‘tamiz, engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev 21 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC 294 turniri doirasida Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqadi.
Yarim o‘rta vazn divizioni chempioni Leon Edvards chempionlik kamarini dekabr oyida UFC 296 doirasida Kolbi Kovingtonga qarshi himoya qiladi.
Fikrlar