Mayk Tayson-Roy Jons jangining sanasi o‘zgardi

  • 10 avgust, 2020, 09:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, boks olamining tirik afsonalari Mayk Tayson hamda Roy Jons o‘rtasida ko‘rgazmali jang bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Jang muddati va joyi bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan va unga ko‘ra, ular o‘rtasidagi barcha intiqib kutayotgan jang, 12 sentyabr kuni Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, mazkur qarama-qarshilik joriy yilning 28 noyabriga ko‘chirilgan.

Ma’lumot uchun, 54 yoshli “Temir Mayk” so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan bo‘lsa, 51 yoshli Jons 2018 yilda oxirgi bor ringga ko‘tarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!