Mayk Tayson va Roy Jonsning ko‘rgazmali jangi bo‘yicha qoidalar e’lon qilindi

  • 26 noyabr, 2020, 20:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning ikki afsonasi Mayk Tayson va Roy Jons 28 noyabr kuni ko‘rgazmali jangda ringga ko‘tariladi. Ushbu jang bo‘yicha qonun qoidalar e’lon qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra:

- Jang 8 raundlik bo‘ladi va har bir raund 2 daqiqa davom etadi.

- Qo‘lqoplar odatdagidan ko‘ra, kattaroq 340 gramm bo‘ladi.

- Bosh shlemlarisiz jang qilinadi.

- Nokdaunlar hisobga olinmaydi.

- Nokaut hisobga olinadi

- Agar, u yoki bu bokschi ochiq  jarohat olsa, jang to‘xtatiladi.

- Rasman baholanib borilmaydi.

- WBC  tashkiloti sobiq bokschilarni hakamlik uchun yollaydi.

- WBC ning ochkolari rasman tan olinmaydi.

- Jangga WBC tomonidan "Frontline" kamari qo‘yilgan va bu rasmiy kuchga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, jang Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongi 7:00 dan boshlab Uzreport tv kanali orqali translatsiya qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!